30/06/2026
🇺🇿🏆 Buxoro viloyati — U17 o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi sohibi!
2026-yil 30-iyun kuni Buxoro davlat texnologiya universitetining basketbol maydonida U17 yosh toifasidagi o‘smirlar jamoalari o‘rtasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘z yakuniga yetdi.
Bir necha kun davomida mamlakatning eng kuchli o‘smirlar jamoalari yuqori tayyorgarlik darajasi, sport xarakteri va bosh sovrin uchun murosasiz kurashni namoyish etdilar. Turnirning final o‘yin kuni musobaqaga munosib yakun yasab, O‘zbekiston kubogi g‘olibi va sovrindorlarini aniqlab berdi.
📊 Final o‘yin kunining natijalari 🏀
⛹🏻♂️ Toshkent viloyati 5️⃣9️⃣:4️⃣4️⃣ Qashqadaryo viloyati
Toshkent viloyati basketbolchilari uchrashuvni ishonchli o‘tkazib, o‘yin davomida tashabbusni o‘z qo‘llarida ushlab turishdi va turnirni munosib g‘alaba bilan yakunlashdi.
⛹🏻♂️ Xorazm viloyati 4️⃣1️⃣:5️⃣6️⃣ Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati jamoasi hujum va himoyada tartibli hamda samarali o‘yin namoyish etib, uchrashuvni ishonchli g‘alaba bilan yakunladi.
⛹🏻♂️ Buxoro viloyati 5️⃣1️⃣:2️⃣8️⃣ Samarqand viloyati
Mezbon jamoa o‘z muxlislarining qo‘llab-quvvatlashi ostida final uchrashuvini ishonchli o‘tkazdi va yorqin g‘alaba bilan turnirni yakunlab, O‘zbekiston kubogining bosh sovrinini munosib qo‘lga kiritdi.
🏆 Musobaqaning yakuniy natijalari:
🥇 Buxoro viloyati
🥈 Sirdaryo viloyati
🥉 Toshkent viloyati
4️⃣ Xorazm viloyati
5️⃣ Samarqand viloyati
6️⃣ Qashqadaryo viloyati
🏅 Musobaqa yakunlariga ko‘ra jamoalar O‘zbekiston kubogi diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Turnirning bosh sovrini — O‘zbekiston kubogi esa g‘olib, Buxoro viloyati jamoasiga tantanali ravishda topshirildi.
Chempionlar, sovrindorlar, murabbiylar va barcha ishtirokchilarni musobaqa muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabriklaymiz!
U17 o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi yana bir bor yosh basketbolchilarning mahorati va salohiyatini namoyon etib, mamlakatimizda o‘smirlar basketbolini rivojlantirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.
🇺🇿 Yangi uchrashuvlarda ko‘rishguncha, O‘zbekiston basketbol maydonlarida!
Sport vazirligi National Olympic Committee of the Republic of Uzbekistan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti
28/06/2026
🇺🇿 U17 o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi: Buxoroda uchinchi o‘yin kuni
2026-yil 28-iyun kuni Buxoro texnologiya universitetining basketbol maydonida U17 yosh toifasidagi o‘smirlar jamoalari o‘rtasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari davom etdi.
Uchinchi o‘yin kuni muxlislarga qiziqarli qarama-qarshiliklarni taqdim etdi. Jamoalar yuqori o‘yin sur’ati, tartibli jamoaviy harakatlar va himoyadagi fidokorona o‘yinlari bilan ajralib turishdi.
O‘yin kuni natijalari 🏀
Samarqand viloyati 5️⃣5️⃣:4️⃣1️⃣ Xorazm viloyati
Sirdaryo viloyati 7️⃣2️⃣:1️⃣4️⃣ Qashqadaryo viloyati
Buxoro viloyati 6️⃣5️⃣:3️⃣8️⃣ Toshkent viloyati
O‘zbekiston kubogi davom etmoqda. Oldinda jamoalarni hal qiluvchi uchrashuvlar kutmoqda. Aynan ushbu bahslarda U17 yosh toifasidagi musobaqaning eng kuchli jamoalari aniqlanadi.
_______
🇷🇺 Кубок Узбекистана U17: третий игровой день в Бухаре
28 июня 2026 года на баскетбольной площадке Бухарского технологического университета продолжились игры Кубка Узбекистана по баскетболу среди команд юношей U17.
Третий игровой день подарил интересные противостояния, в которых команды продемонстрировали высокий темп, самоотверженную игру в защите.
Результаты игрового дня🏀
Самаркандская область 5️⃣5️⃣:4️⃣1️⃣ Хорезмская область
Сырдарьинская область 7️⃣2️⃣:1️⃣4️⃣Кашкадарьинская область
Бухарская область6️⃣5️⃣:3️⃣8️⃣ Ташкентская область
Кубок Узбекистана продолжается, и впереди участников ожидают новые принципиальные встречи, которые определят сильнейшие команды юношей U17
Sport vazirligi National Olympic Committee of the Republic of Uzbekistan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti
27/06/2026
🇺🇿Buxoroda U17 o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi tobora qizg‘in pallaga kirmoqda ⛹🏻♂️
2026-yil 27-iyun kuni Buxoro texnologiya universitetining basketbol maydonida U17 yosh toifasidagi o‘smirlar jamoalari o‘rtasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kubogining ikkinchi o‘yin kuni bo‘lib o‘tdi.
Har bir uchrashuv bilan turnirdagi raqobat tobora kuchayib bormoqda. Jamoalar o‘z xarakteri, intizomi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyish etmoqda. Turnir peshqadamligi uchun kurash esa yanada murosasiz tus olmoqda.
📊 O‘yin kuni natijalari 🏀
⛹🏻♂️ Toshkent viloyati 6️⃣8️⃣:6️⃣5️⃣ Sirdaryo viloyati
O‘yin kunining eng keskin bahslaridan birida Toshkent viloyati jamoasi minimal ustunlikni saqlab qolib, murosasiz kechgan uchrashuvda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
⛹🏼♂️ Samarqand viloyati 5️⃣7️⃣:2️⃣2️⃣ Qashqadaryo viloyati
Samarqand viloyati jamoasi uchrashuv davomida o‘yin nazoratini o‘z qo‘lida ushlab turdi va navbatdagi ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi.
⛹🏻♂️ Xorazm viloyati 2️⃣4️⃣:5️⃣7️⃣ Buxoro viloyati
Mezbonlar o‘z maydonidagi ustunlikdan unumli foydalanib, ishonchli g‘alabaga erishdi va turnirning yuqori o‘rinlari uchun kurashni davom ettirmoqda.
O'yin tobora qizg‘in tus olmoqda, har bir g‘alabaning ahamiyati esa yanada ortib bormoqda. Oldinda jamoalarni hal qiluvchi uchrashuvlar kutmoqda. Har bir hujum, har bir to‘p uchun kurash va har bir aniq tashlangan to‘p O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi bosqichiga yo‘llanma olishda muhim omil bo‘lishi mumkin.
________
🇷🇺В Бухаре набирает обороты Кубок Узбекистана среди юношей U17⛹🏻♂️
27 июня 2026 года на баскетбольной площадке Бухарского технологического университета состоялся второй игровой день Кубка Республики Узбекистан по баскетболу среди команд юношей категории U17.
С каждым матчем турнир выходит на новый уровень напряжения. Команды демонстрируют характер, дисциплину и стремление к победе, борьба за лидерство становится всё более бескомпромиссной.
📊 Результаты игрового дня 🏀
⛹🏻♂️Ташкентская область 6️⃣8️⃣:6️⃣5️⃣ Сырдарьинская область
В одном из самых напряжённых матчей игрового дня баскетболисты Ташкентской области сумели сохранить минимальное преимущество и одержали важную победу в упорной концовке встречи.
⛹🏼♂️Самаркандская область 5️⃣7️⃣:2️⃣2️⃣ Кашкадарьинская область
Самаркандская область уверенно контролировала ход встречи и заслуженно записала в свой актив очередную победу.
⛹🏻♂️Хорезмская область 2️⃣4️⃣:5️⃣7️⃣ Бухарская область
Хозяева площадки использовали поддержку трибун и уверенно завершили матч в свою пользу, продолжив борьбу за самые высокие места турнира.
Игры продолжает набирать обороты, а цена каждой победы становится всё выше. Впереди участников ждут решающие матчи , где каждая атака, подбор и точный бросок могут сыграть ключевую роль в борьбе за выход в финальную стадию Кубка Узбекистана.
Sport vazirligi National Olympic Committee of the Republic of Uzbekistan Toshkent Davlat Transport Universiteti O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
27/06/2026
🇺🇿 Buxoroda U17 o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi boshlandi ⛹🏻♂️
2026-yil 26-iyun kuni Buxoro texnologiya universitetining basketbol maydonida U17 yosh toifasidagi o‘smirlar jamoalari o‘rtasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kubogiga tantanali start berildi.
Turnir mamlakatimizning eng kuchli hududiy jamoalarini birlashtirdi. Ular nufuzli kubok uchun o‘zaro bahs olib boradilar.
⛹️♂️ Musobaqada quyidagi jamoalar ishtirok etmoqda:
• Xorazm viloyati
• Buxoro viloyati
• Samarqand viloyati
• Sirdaryo viloyati
• Qashqadaryo viloyati
• Toshkent viloyati
📊 O‘yinlar natijalari:
Buxoro viloyati 9️⃣4️⃣:2️⃣6️⃣ Qashqadaryo viloyati
Samarqand viloyati 5️⃣0️⃣:8️⃣1️⃣ Sirdaryo viloyati
Xorazm viloyati 4️⃣4️⃣:5️⃣5️⃣ Toshkent viloyati
🏆🇺🇿Musobaqa endigina boshlandi. Oldinda ishtirokchilarni keskin bahslar, yorqin uchrashuvlar va O‘zbekiston kubogi uchun murosasiz kurash kutmoqda.
Sport vazirligi National Olympic Committee of the Republic of Uzbekistan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti
24/06/2026
📢 U17 o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!
O‘zbekiston basketbol federatsiyasi ma’lum qiladiki, 2026-yil 25-iyundan 1-iyulgacha Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan U17 yosh toifasidagi o‘smirlar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogiga ro‘yxatdan o‘tish hanuzgacha ochiq.
⛹️♂️ Mamlakatimizning barcha hududlaridagi jamoalarni musobaqada ishtirok etishga, qimmatli musobaqa tajribasini orttirishga hamda nufuzli kubok uchun kurash olib borishga taklif etamiz.
🏀 Agar jamoangiz maydonga chiqib, o‘zining eng yaxshi fazilatlarini namoyish etishga tayyor bo‘lsa, mamlakatimizning eng muhim yoshlar turnirlaridan birining ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📍 Buxoro
📅 2026-yil 25-iyun – 1-iyul
Barcha xohlovchilarni kutib qolamiz!
24/06/2026
🇺🇿 Buxoro U17 o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi.
2026-yil 25-iyundan 1-iyulgacha Buxoro shahri mamlakatimizning yoshlar basketbol markaziga aylanadi. Bu yerda U17 yosh toifasidagi o‘smirlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi.
⛹️♂️ Musobaqada O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng kuchli jamoalar mavsumning nufuzli sovrinlaridan biri uchun kurash olib boradilar.
🏆 Ushbu turnir yosh basketbolchilar uchun o‘z mahoratini namoyish etish, sport xarakterini ko‘rsatish hamda katta sport sari yana bir muhim qadam tashlash imkoniyatini yaratadi.
📍 Buxoro 🇺🇿
📅 25-iyun – 1-iyul 2026-yil
🏀 U17 o‘smirlar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi
Barcha ishtirokchilarga omad, chiroyli o‘yin va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Sport vazirligi National Olympic Committee of the Republic of Uzbekistan Toshkent Davlat Transport Universiteti
23/06/2026
🇺🇿 Gulistonda erkaklar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogining yakuniy kuni bo‘lib o‘tdi
2026-yil 23-iyun kuni Sirdaryo viloyati Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining Guliston shahridagi sport majmuasida erkaklar jamoalari o‘rtasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kubogining yakuniy kuni bo‘lib o‘tdi.
📊 O‘yinlar natijalari 🏀
Toshkent viloyati 9️⃣1️⃣:9️⃣5️⃣ Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati 7️⃣8️⃣:3️⃣4️⃣ "Alpomysh"
"Guliston" 2️⃣7️⃣:5️⃣5️⃣ Navoiy viloyati
_______
🇷🇺В Гулистане прошёл заключительный день Кубка Узбекистана среди мужских команд
23 июня 2026 года в спортивном комплексе Гулистанского Центра подготовки по олимпийским и паралимпийским видам спорта Сырдарьинской области, прошёл заключительный день игр Кубка Узбекистана по баскетболу среди мужских команд.
📊 Результаты игр 🏀
Ташкентская область 9️⃣1️⃣:9️⃣5️⃣ Самаркандская область
Сырдарьинская область 7️⃣8️⃣:3️⃣4️⃣ "Алпомыш"
"Гулистан" 2️⃣7️⃣:5️⃣5️⃣ Навоийская область
Sport vazirligi National Olympic Committee of the Republic of Uzbekistan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti