Jamoamiz Olmaliq jamoasi bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida munosib g‘alabani qo‘lga kiritdi!
Maydonda kurash, ishonch va chiroyli futzal namoyish etgan yigitlarimiz uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashdi!
G‘alabali uchrashuvdan eng yorqin va qiziqarli lahzalarni videoda tomosha qiling!
G‘alabalarimiz bardavom bo‘lsin!
BMB Football Club
Наш сайт: www.bmbtg.uz/fc
29/08/2026
Chempion bo‘lish — bir marta yutish emas, har safar g‘alaba uchun tayyor turishdir.
Uchinchi Superkubok sari — atigi 4 kun qoldi!
MUXLISLAR, SIZNI HUMO ARENADA KUTAMIZ! Ovozimiz birlashsin, qo‘llab-quvvatlashimiz raqibga bosim, futzalchilarimizga esa qo‘shimcha kuch bo‘lsin!
“Katta g‘alabalar katta jamoaviy ruh bilan qo‘lga kiritiladi.”
BMB PFC — G‘ALABA SARI!
BMB PFC-OLMALIQ
O’rtoqlik uchrashuvida Jean Aldemiro Silva Jesus tomonidan kiritilgan gol.
BMB PFC-OLMALIQ
O’rtoqlik uchrashuvida Vitor Manuel Da Silva tomonidan kiritilgan gol.
BMB PFC-OLMALIQ
O’rtoqlik uchrashuvida Shahram Faxriddinov tomonidan kiritilgan gol.
28/08/2026
SUPERKUBOK OLDIDAN MUHIM G‘ALABA!
Bugun Oq yo‘lbarslar yangi mavsum va yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Superkubogi uchrashuviga tayyorgarlik doirasida Olmaliq jamoasiga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Bahs Oq yo’lbarslarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yangi mavsumga tayyorgarlik boshlanganidan buyon jamoa mashg‘ulot jarayonlarini tizimli va izchil davom ettirmoqda. Rahbariyat tomonidan yaratilgan munosib shart-sharoitlar, murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan aniq mashg‘ulot rejasi va futzalchilarning tinimsiz mehnati o‘z samarasini bermoqda.
Ayniqsa, jamoaga yangi qo‘shilgan futzalchilarning BMB o‘yin falsafasi va jamoaviy tizimga moslashuv jarayoni ijobiy kechmoqda.
Oldinda esa yanada katta sinov — Superkubok!
Oq yo‘lbarslar yangi mavsumga ham, Superkubok bahsiga ham chempionlarga xos ruh, ishonch va tayyorgarlik bilan yetib boradi.
28/08/2026
O‘zbekiston Superkubogi bahsiga atigi 5 kun qoldi!
2-sentabr kuni “Humo Arena”da BMB Professional Futsal Club yangi mavsumdagi ilk katta sinovlardan biriga chiqadi. “Oq yo‘lbarslar” esa har doimgidek maydonga faqat g‘alaba uchun tushadi!
Bu uchrashuv yana bir futzalchi uchun alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.
Aslbek Vafoyev BMB safidagi ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazishi mumkin. Agar u maydonga tushib, raqib darvozasini ishg‘ol qilsa, faoliyatidagi 31-golini ham nishonlashi ehtimol!
31-gol… BMB libosidagi debyut… Superkubok…
Balki 2-sentabr kuni yangi tarixning birinchi sahifasi aynan Aslbekning goli bilan yozilar?
Buni esa faqat Humo Arenadagi jang ko‘rsatadi!
Bugun jamoamiz navbatdagi mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. O‘zbekiston Superkubogi bahsiga sanoqli kunlar qolayotgan bir paytda futzalchilar tayyorgarlikni yuqori tempda davom ettirmoqda. Mashg‘ulotlarda jismoniy holat, taktika va bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mashg‘ulotlardan so‘ng esa jamoamizning braziliyalik legioneri Vitor Manuel Da Silva bilan suhbatlashdik.
Vitor BMB safidagi bir yillik faoliyati, jamoaga qaytib kelgan kunlari, o‘tgan mavsumdagi taassurotlari va bu yilgi maqsadlari haqida gapirib berdi.
Qizig‘i, Vitor BMBdagi faoliyatini aynan Superkubok uchrashuvidan boshlagan va o‘sha mavsumda jamoamiz bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Oradan bir yil o‘tib, u yana BMB safida — yana bir Superkubok oldidan maydonga chiqishga tayyorlanmoqda.
Bir yil — yangi tajribalar, g‘alabalar va unutilmas xotiralar.
Vitorning BMBdagi bir yillik yo‘li va yangi mavsum oldidan fikrlarini intervyuda tomosha qiling!
BMB — maqsad sari birga!
Bugun BMB Professional Futsal Club jamoasi yangi mavsum oldidan maxsus fotosessiyada ishtirok etdi.
Fotosessiya O‘zbekiston Futzal Federatsiyasi tomonidan tashkil etilib, yangi mavsum oldidan jamoalar va futzalchilarni mavsumga munosib tarzda taqdim etish maqsadini ko‘zladi.
27/08/2026
Superkubok uchrashuviga 6 kun qoldi!
BMB Professional Futsal Club O‘zbekiston Superkubogi uchrashuviga jiddiy va yuqori tempda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Chunki Superkubok — oddiy uchrashuv emas. Bu yangi mavsum oldidan xarakter, birlik va chempionlik ruhini namoyish etish uchun katta imkoniyat.
“G‘alaba avval maydonda emas, insonning ongida qo‘lga kiritiladi.”
BMB uchun maqsad aniq: maydonga tayyor, birlashgan va g‘alabaga chanqoq jamoa bo‘lib chiqish!
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the business
Telephone
Website
Address
Tashkent
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 18:00 |
| Tuesday | 09:00 - 18:00 |
| Wednesday | 09:00 - 18:00 |
| Thursday | 09:00 - 18:00 |
| Friday | 09:00 - 18:00 |
| Saturday | 09:00 - 18:00 |