About.recruiting

About.recruiting Helping you plan and grow in your career
Resume and Interview Tips | Speak 🇺🇸🇩🇪🇷🇺🇺🇿🇹🇷

19/09/2026

So‘zsiz…

🇩🇪

19/09/2026

Shunaqa hamyuetlarimza va talabalarimza ko‘paysin
🇩🇪

14/09/2026

Diplomni o‘zi yetarli emas!

10/09/2026

Makro va mikro — bu ikki xil dunyo.
Ko‘pchilik davlat darajasidagi yangilikni o‘qib, darrov o‘ziga oladi: „Germaniya qonunni o‘zgartiribdi, endi men ham tugadim“ yoki „endi hammasi oson bo‘ladi“.
Yo‘q. Davlat miqyosida nimadur o‘zgarsa, sizning shaxsiy sharoitingiz ham avtomatik o‘zgarishi kerak degani emas.
Makroiqtisod — bu umumiy rasm: qonunlar, islohotlar, statistika, siyosat.
Mikroiqtisod — bu sizning holatingiz: hujjatlaringiz, til darajangiz, tajribangiz, oilaviy vaziyatingiz, qaysi shaharda, qaysi ish beruvchi bilan ishlayotganingiz.
Germaniyadagi loyihalar va islohotlar ham xuddi shunday. Qonun o‘zgardi — bu sizga tegishli degani emas. Har bir qonun shaxsiy sharoitingiz va holatingizdan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi. Bir odamga eshik ochiladi, boshqasiga hech narsa o‘zgarmaydi — ikkalasi ham bir xil yangilikni o‘qigan bo‘lsa ham.
Shuning uchun sarlavhaga emas, o‘z holatingizga qarang. Yangilikni o‘qing, lekin xulosani o‘zingizga moslab chiqaring. Yoki chiqara oladigan odamdan so‘rang.
Makro — rasm. Mikro — sizning hayotingiz. Qaror mikroda qabul qilinadi.

Buni afsuski alhamdulilah kech bo‘lsa ham o‘rgandim.
05/09/2026

Buni afsuski alhamdulilah kech bo‘lsa ham o‘rgandim.

04/09/2026

Siz o’z yurtingizdan olib kelgan qobiliyatlaringiz yangi jamiyat uchun yutuq bo’ladi va sizga ustunlik beradi.
Muzaffar Nuritdinkhodjaev - Xalqaro tadbirkor

29/08/2026

‼️ Videoda ataylab “joriy etdi” deb aytdim.

Sababi — Germaniya hukumati Pensiya komissiyasining tavsiyalarini to‘liq amalga oshirishini rasman e’lon qildi. Hozirgacha ham bu yo‘nalishdagi takliflar izchil qabul qilinib kelinmoqda. Shu sababli bu tartibning joriy etilish ehtimoli juda yuqori. Agar amalga oshmasa, albatta, biz faqat xursand bo‘lamiz.

Rejaga ko‘ra, yangi tartib eng erta 2027-yildan kuchga kirishi mumkin. Belgilangan sanadan keyin tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlar Germaniya davlat pensiya tizimiga — GRVga majburiy kiritilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu nimani anglatadi?

— dastlabki uch yil oyiga taxminan 367 € miqdorida yarim badal;
— undan keyin oyiga taxminan 735 € miqdorida to‘liq badal;
— avvaldan tadbirkorlik qilayotganlarga esa tizimdan chiqish — Opt-out imkoniyati berilishi rejalashtirilgan.

Muhim aniqlik: yakuniy qonun, uning aniq boshlanish sanasi va badal miqdorlari hali Bundestag tomonidan tasdiqlanmagan. Lekin Germaniyada tadbirkorlik boshlashni rejalashtirayotganlar bu ehtimoliy xarajatni hozirdanoq moliyaviy rejasiga kiritib qo‘ygani ma’qul.

Germaniyada biznes boshlamoqchi bo‘lgan tanishingizga yuboring.

🇩🇪

29/08/2026

Venezia - dunyoda eng ko’p “hype” qilingan shaharlardan biri.

28/08/2026

Adresse

Kempten
87401–87439

Öffnungszeiten

Montag 09:00 - 17:00
Dienstag 09:00 - 17:00
Mittwoch 09:00 - 17:00
Donnerstag 09:00 - 17:00
Freitag 09:00 - 17:00
Samstag 09:00 - 17:00

Webseite

Benachrichtigungen

Lassen Sie sich von uns eine E-Mail senden und seien Sie der erste der Neuigkeiten und Aktionen von About.recruiting erfährt. Ihre E-Mail-Adresse wird nicht für andere Zwecke verwendet und Sie können sich jederzeit abmelden.

Verknüpfungen

Teilen

Kategorie